O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov "Sport" telekanalining "Gol" dasturi mehmoni bo‘ldi va JCh saralashidagi muvaffaqiyatsizliklar haqida ochiqchasiga fikr bildirdi.
"Oxirgi bosqichda juda kam gol urdik va Xitoy bilan bo‘lgan o‘yinni inobatga olmasak, golli vaziyatlar ham ko‘p yaratilmadi. JChga chiqish vazifasini bajarish uchun esa ko‘p gol urish shart edi.
Eng achinarlisi hujumchilar o‘z ishini bajara olmadi. Ularning muvaffaqiyatsiz o‘yini bizni og‘ir vaziyatga tushirib qo‘ydi.
Xitoy bilan bo‘lgan bahs biz uchun eng kerakli o‘yin edi. O‘sha o‘yinda g‘alaba qozonish shart edi. O‘zingiz ham ko‘rdingiz, uch-to‘rtta yuz foizlik imkoniyatdan foydalana olmadik. Janubiy Koreyani yutish mantiqan olib qaraganda ancha og‘ir ish edi. Chunki ularga gol urish juda qiyin. Shuning uchun ham Xitoyni yengish shart edi.
To‘g‘ri, Xitoy futboli hozir rivojlanish yo‘lida. O‘zim ham Xitoy chempionatda o‘ynayman va har bir klubda kuchli legionerlar bor. Ularga qarab mahalliy futbolchilar ham o‘sishda davom etmoqda. Masalan, Xitoy oxirgi ikkita o‘yinda 6 ochko oldi. Ammo agar ularni yengganimizda, vazifa ancha osonlashardi.
Janubiy Koreya esa kuchli raqib. Ikkinchi bo‘limda ular bizni yopib qo‘ya olishdi. Koreya himoyaga umuman e’tibor qaratmasdan, bor kuchni yarim himoyamizni yopishga qaratdi. Ular yarim himoyada shu qadar kuchli pressing qilishdiki, o‘yinimiz yo‘qolib qoldi. Bu juda yaxshi o‘ylangan taktika edi.
Qaysi murabbiy bilan ishlamagan bo‘lsam, futbolda oxirigacha kurashish kerakligi aytiladi. Maydonga chiqdingmi, 95 daqiqa o‘ynashga tayyor turish kerak. Biz esa 85 daqiqadan so‘ng xotirjamlikka berilib yoki gol urish uchun oldinga o‘tib ketib, xatolarga yo‘l qo‘ydik. JCh saralashining so‘nggi bosqichida bittagina xato ham qimmatga tushadi.
Men bu ko‘rsatuvga ataylab barcha savollaringizga javob berish uchun keldim. Terma jamoa sardori sifatida muxlislarga bor gapni ochiq aytishim shart. Futbolchilar yutqazib qo‘ygandan keyin savollarga javob bermay ketib qoldi, degan gap menga to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun ataylab ko‘rsatuvga keldim", - deydi Odil Ahmedov.
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi