O‘zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov "Sport" telekanalining "Gol" ko‘rsatuvida mehmon bo‘ldi va ochiq fikrlar bildirdi. Jumladan yarim himoyachi Oliy ligada kelishilgan o‘yinlar ko‘p ekanini ham tan olgan.
"Oliy ligada kelishilgan o‘yinlar juda ko‘p. Bunday o‘yinlarda futbolchi 20 foiz kuch bilan o‘ynaydi. Endi shu futbolchi terma jamoaga kelgandan keyin undan nima kutish mumkin? Biz eng avvalo ichki chempionatni kuchaytirishimiz kerak. Shunda terma jamoa ham kuchayadi.
Hozir terma jamoa asosan legionerlarga suyanib qolgan. Albatta Farg‘onada yoki G‘uzorda kuchli futbolchi yetishib chiqishi mumkin, ammo xalqaro o‘yinlarda uning foydasi ko‘p bo‘lmaydi. Oliy ligani tomosha qilib boraman, ammo u yerda Maradonadek o‘ynagan o‘yinchi xalqaro uchrashuvda maydonga tushganda to‘xtab qolishini ham ko‘ryapmiz.
Agar O‘FFning yangi rahbariyati meni chaqirib, maslahat olishsa, bu gaplarni aytishga tayyorman. Ochig‘i, bo‘layotgan ishlarni ko‘rib, jonim achishadi. Biror sohaga keldingmi, pul o‘z yo‘liga, u bilan birga ishingni ham hech bo‘lmasa 30 foiz yaxshi ko‘rish kerak. Faqat pulga bog‘lanib qolsa rivojlanish qiyin bo‘ladi", - deydi Odil Ahmedov.
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi