13:30 / 12.09.2017
17 366

Shahramga Gentra, Xasanboyga televizormi?

Shahramga Gentra, Xasanboyga televizormi?
Avvalroq, o‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosov Germaniyaning Gamburg shahrida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida oltin, Hasanboy Do‘smatov, Jasurbek Latipov, Iqboljon Xoldorov kumush medallar sohibi bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

9 sentyabr kuni Buxoro viloyati hokimi Shahram G‘iyosov va uning murabbiyi Ravshan Xo‘jayevga Gentra avtomobillarini topshirdi.

Kecha, 11 sentyabr kuni Andijon viloyati hokimi kumush medal sohiblariga sovg‘alar topshirdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda suratlar tarqaldi. Suratlarda viloyat hokimi sportchilarga televizorlar sovg‘a qilganini ko‘rish mumkin.

Bu ikki sovg‘ani bir-biriga qiyoslashimizdan maqsad, kumush medalini qo‘lga kiritish uchun sportchilar bor vujudi bilan harakat qildi, lekin rag‘bat ham kamida Shahramnikidek bo‘lishi kerak ekanligini yetkazishdir.

To‘g‘ri, ular Rio olimpiadasidan so‘ng qimmatbaho mashinalar bilan taqdirlandilar, biroq Jahon chempionatida kumush medalini qo‘lga kiritish oddiy ish emas. Kumushni AQSh, Rossiya, Xitoy singari sport “derjava”lari orzu qiladilar.

Biz esa televizor berib o‘tiribmiz.

Manba: qalampir.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shahramga Gentra, Xasanboyga televizormi?