
JCh-2018 saralash bosqichining A guruhi 9-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar o‘z nihoyasiga yetdi.
O‘z maydonida Lyuksemburgni qabul qilgan Shvetsiya raqibi darvozasiga javobsiz sakkizta to‘p kiritdi. Markus Berg o‘yinda poker qayd etgan bo‘lsa, Andreas Grankvist ikki bor penaltini aniq bajarib dublga erishdi.
Fransiya esa Blez Matyuidining yagona goli evaziga Bolgariyadan ustun keldi va guruh peshqadamligini qo‘lga oldi.
Gollandiya safarda Belorus terma jamoasini ishonchli tarzda yengdi va o‘z imkoniyatlarini saqlab qoldi.
So‘nggi 10-turda Fransiya o‘z maydonida Belarus terma jamoasini qabul qiladi va ushbu o‘yindagi g‘alaba fransuzlarni mundialga olib chiqadi. U holda Gollandiya — Shvetsiya uchrashuvi ikkinchi o‘rin masalasiga oydinlik kiritadi.
Guruhdagi holat: 1. Fransiya — 20 ochko; 2. Shvetsiya — 19; 3. Gollandiya — 16; 4. Bolgariya — 12; 5. Belarus — 5; 6. Lyuksemburg — 5.
JCh-2018 saralashi, Yevropa
9-tur, “A” guruhi
Shvetsiya – Lyuksemburg 8:0 (3:0, 5:0)
Gollar: 1:0 – 10, penalti Grankvist, 2:0 – 18 Berg, 3:0 – 37 Berg, 4:0 – 54 Berg, 5:0 – 60 Lyustig, 6:0 – 67, penalti Grankvist, 7:0 – 71 Berg, 8:0 – 76 Toyvonen.
Shvetsiya – Olsen, Lyustig (Kraft, 62), Lindelef, Augustinsson, Grankvist (Xelander, 81), Yuxansson, Larsson, Klasson, Forsberg, Toyvonen, Berg (Telin, 74).
Lyuksemburg – Juber, Filipps, Much, Malje, Martinsh Pereyra (Skenderovich, 72), Yanish, Till (Rodriges, 46), Xolter, Till (Turpel, 46), Joakim, Da Mota.
Ogohlantirish: Da Mota (59).
Belarus – Gollandiya 1:3 (0:1, 1:2)
Gollar: 0:1 – 24 Propper, 1:1 – 55 Volodko, 1:2 – 84, penalti Robben, 1:3 – 90 Depay.
Belarus – Chernik, Volodko, Yanushkevich, Politevich, Stasevich, Dragun, Balanovich (Burko, 76), Karnitskiy, Mayevskiy, Rios, Signevich (Saroka, 87).
Gollandiya – Sillessen, Rekik, van Deyk, Yanmat, Blind, Robben, Veynaldum, Trindade (Dost, 56), Propper (Klassen, 83), Babel, Yanssen (Depay, 68).
Ogohlantirishlar: Balanovich (35), Yanmat (58), Signevich (58), Veynaldum (59), Rios (75).
Bolgariya – Fransiya 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 3 Matyuidi.
Bolgariya – Iliyev, Manolev (Dimitrov, 87), Zanev, Bodurov, Popov, Nedelev, Slavchev, Kostadinov, Bojikov, Delev, Galabinov (Krayev, 48).
Fransiya – Loris, Sidibe, Din, Umtiti, Varan, Tolisso, Kante (Rabo, 34), Matyuidi, Lyakazett (Payet, 76), Grizmann, Mbappe (Jiru, 85).
Ogohlantirishlar: Slavchev (9), Zanev (51), Krayev (62), Kostadinov (67), Jiru (90).
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar