
"Manchester Yunayted"ning sobiq prezidenti Martin Edvards 1995 yilda Zidan transferi amalga oshmagani haqida gapirib o‘tdi.
"Zidan "Bordo"da o‘ynayotgan vaqtida bizning skaut Les Kershou u haqida aytgandi. Men esa Aleksga (Fergyuson) bu haqida aytgandim. U menga Erik Kantona Zidanni eslatib yuborayotganligini aytdi. Lekin, Aleksning fikricha, ular bitta nuqta futbolchilari edi.
Aleks Erik bilan shartnomani uzaytirish uchun ketganida bu haqida o‘ylagan: agar u Kantona o‘rniga Zidanni taklif qiladigan bo‘lsa, o‘sha nuqta kuchsizlanadi. Shu sababli, murabbiy Kantonani qoldirishni ma’qul ko‘rgan", - deydi Edvards.
Manba: championat.asia “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar