
Gollandiya terma jamoasi yarim himoyachisi Aren Robben JCh-2018 saralash bahslari doirasida Shvetsiyaga qarshi bahsda “dubl”ga erishdi (birinchi bo‘limdan so‘ng hisob 2:0).
Shu tariqa 33 yoshli futbolchi terma jamoadagi gollari sonini 37 taga yetkazdi.
Robben endilikda terma jamoa to‘purarlari bahsida Bergkamp bilan to‘rtinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi. Ushbu ruyxatda ular Patrik Klyuyvert (40 ta gol), Klas-Yan Xuntelar (42) va Robin van Persi (50) dan keyingi pog‘onada borishmoqda.
Manba: championat.asia “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar