6 068
O‘zbekistondagi ikkita futbol uyushmasining faoliyati tugatildi va ular O‘FF nazoratiga o‘tdi
O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi va Professional Futbol Ligalarining tarkibiy tuzilmalarida futzal, plyaj futboli va ayollar futboli bilan shug‘ullanadigan yangi lavozimlar tashkil qilindi. Bundan tashqari, futbol bo‘yicha sport mahoratini oshirish Respublika oliy maktabi qoshida ham shu soha bilan shug‘ullanadigan murabbiylar guruhi ish boshladi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Futzal Uyushmasi hamda O‘zbekiston ayollar futboli va plyaj futboli uyushmasi tugatiladigan bo‘ldi.
Futzal, ayollar futboli va plyaj futbolining taraqqiyoti, murabbiylar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, terma jamoalarni musobaqalarga tayyorlash va yuborish, shuningdek, milliy chempionat o‘yinlarini tashkil qilish va o‘tkazishni shu yilning oktyabr oyidan e’tiboran O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi o‘z nazorati ostiga oladi.
O‘zbekiston Professional Futbol Ligasining Sport bo‘limida ham futzal, ayollar futboli va plyaj futboli bo‘yicha musobaqalar o‘tkazishga mas’ul bo‘linma ham ish boshlaydi. Ushbu bo‘linma O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining shu sohani nazorat qiladigan boshqarmasi bilan kelishgan holda ish olib boradi.
Manba: www.the-uff.com “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi