22:15 / 25.10.2017
6 409

Shohjahon Ergashev amerikalik professionalga qarshi ringga chiqadi

Shohjahon Ergashev amerikalik professionalga qarshi ringga chiqadi
Professional ringda o‘nta jangning barchasida nokaut bilan g‘alaba qozongan Shohjahon Ergashev 11 oktyabr kuni AQShga uchib ketgan edi. Avvalroq esa, nokautchi bokchismiz 11 noyabr kuni Nyu-Yorkda ilk jangini o‘tkazishini ham xabar qilgan edik.

Nihoyat, Shohjahon Ergashevning AQShdagi ilk jangida unga raqiblik qiladigan bokschi nomi ham ma’lum bo‘ldi.

Bokschimizning SPORTS.uz axborot portaliga ma’lum qilishicha, HBO telekanali tashkil qiladigan jangda amerikalik Markiz Xavtornga qarga ringga chiqadi.

Amerikalik bokschi shu kunga qadar professional ringda 12 ta jang o‘tkazib, besh marotaba zafar quchgan. U o‘z faoliyati davomida yana bir o‘zbekistonlik bokschi Sanjar Rahmonovdan mag‘lubiyatga uchragan.

Eslatib o‘tamiz, Professional ringdagi ajoyib janglari bilan "Showtime" telekanali e’tiboriga tushib, beshta jangga shartnoma imzolagan Shohjahonga mazkur telekanalning ashaddiy raqobatchisi HBO vakillaridan ham taklif olgandi. 11 noyabr kuni Nyu-York shahrida bo‘ladigan jang aynan mazkur telekanal tomonidan tashkillashliriladi.

Ma’lumki, "Showtime" va HBO telekanallari professional boks kechalarini uyushtirish va ularni teletranslyatsiya qilish bilan ham nom qozongan. Bu telekanallar o‘z reytingini oshirish uchun eng zo‘r bokschilar bilan ishlashga harakat qiladi.

HBO kanali Floyd Meyvezer, Oskar De La Xoyya, Gennadiy Golovkin, Lennoks Lyuis bilan shartnomaga ega. Shuningdek, bu kanal Mayk Tayson bilan ham hamkorlik qilgan.

HBO telekanali Floyd Meyvezer — Oskar De La Xoyya, Floyd Meyvezer — Zab Djuda, Bernard Xopkins — Ronald «Uinki» Rayt, Bernard Xopkins — Oskar De La Xoyya, Roy Djons — Bernard Xopkins janglarini o‘tkazgani ham uning mavqei qay darajada yuqori ekanini ko‘rsatadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shohjahon Ergashev amerikalik professionalga qarshi ringga chiqadi