Avval xabar berib o‘tganimizdek, futbol bo‘yicha Oliy Liganing 29-turidan o‘rin olgan “Nasaf”–“Paxtakor” uchrashuvi (4:0) da mehmonlar darvozaboni Aleksandr Lobanov mezbon muxlislarga o‘rta barmog‘ini ko‘rsatgani uchun “Paxtakor” klubi tomonidan jarimaga tortilgandi.
Mazkur uchrashuv yakunlangandan so‘ng avval qarshilik muxlislar Lobanovni haqorat qilishadi. Darvozabon bunga javoban bir muxlisga tashlanishga harakat qiladi, biroq bu vaziyatda uni jamoadoshlari to‘xtatib qolishgan.
O‘zbekiston professional futbol ligasi tashkilotining Tartib-intizom qo‘mitasi 19 noyabr kuni Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionda bo‘lib o‘tgan “Nasaf”–“Paxtakor” uchrashuvidan so‘ng stadiondagi muxlislar va “Paxtakor” klubi darvozaboni Aleksandr Lobanov o‘rtasida yuz bergan voqeani o‘rganib chiqdi.
Ta’kidlab o‘tganimizdek, o‘yindan so‘ng Aleksandr Lobanov maydonni tark etar chog‘ida “Nasaf” klubi muxlislari uning sha’niga noloyiq so‘zlarini yo‘llab, haqorat qilishgan. “Paxtakor” darvozaboni esa bunga “noo‘rin harakatlar” bilan javob qaytargan.
Mazkur holat PFL Tartib-intizom qo‘mitasi tomonidan o‘rganib chiqilgach, futbolchi Aleksandr Lobanovning harakatlari sabab uning jamoasi “Paxtakor” klubiga 50 000 000 (ellik million) so‘m miqdorida jarima belgilandi.
O‘z navbatida, “Nasaf” klubi muxlislarining muxlislik madaniyatiga zid harakatlari sababli jamoa 100 000 000 (yuz million) so‘m miqdorida jarimaga tortildi.
Bundan tashqari, agar kelgusida shunday harakatlar takrorlanadigan bo‘lsa, har ikki klub bundanda keskinroq tarzda jazolanishi aytib o‘tildi.
Shuningdek, “Nasaf” klubi muxlislari tomonidan shunday harakatlar takrorlansa, jamoa kelgusi uy uchrashuvlarini muxlislarsiz o‘tkazadi.
Bu holatda “Nasaf” muxlislarini tushunish mumkin, chunki Lobanovning xurmacha qiliqlarini ular terma jamoa va “Paxtakor”ning boshqa o‘yinlarida ham ko‘p ko‘rishgan.
To‘g‘ri, ular Lobanovni haqorat qilishdi, lekin professional maqomiga ega darvozabon muxlislarga noxulqiy tarzda javob qaytarib, o‘zining qanday odob-ahloqga ega ekanligini ko‘rsatib qo‘ydi.
Bitta Lobanovning kasofatiga O‘zbekistonning eng ko‘zga ko‘ringan jamoalari “Paxtakor” va “Nasaf” jarimaga tortildi. Balki Aleksandrga jarima miqdori qanchaligining ahamiyati umuman yo‘q bo‘lishi mumkin.
Ammo Aleksandr Lobanovning yuqoridagi qilig‘i uni bir umr futboldan chetlatishga ham loyiq deb o‘ylagan bo‘lardim. Taajjubki, ushbu taklifga qo‘shiladigan insonlar, aniqrog‘i qo‘llab-quvvatlaydigan muxlislar O‘zbekistonda kam emas.
Jumladan, Aleksandr Lobanov hatto o‘z klubi “Paxtakor” rahbariyatining ham ko‘ziga hozir unchalik yaxshi inson kabi ko‘rinish bermayapti.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Putin Ukrainaning yadroviy bomba yaratishiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi
Yapon psixiatri qiyinchiliklarni qanday yengish va mazmunli yashash sirlarini aytdi
Shoygu Rossiyaning “yadro soyaboni” kimni himoya qilishini aytdi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
1 dekabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi