Iqboljon Xoldorov keyingi bosqichga yo‘l oldi

Iqboljon Xoldorov keyingi bosqichga yo‘l oldi
Rossiyaning Beloyarskiy shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha neft mamlakatlari ishtirok etayotgan jahon kubogi turnirining ikkinchi kungi bellashuvlari o‘tkazildi.

64 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Iqboljon Xoldorov ikkinchi jangini rossiyalik Aleksey Klimsevga qarshi o‘tkazishi lozim edi.

Biroq Xoldorovning raqibi turnirni tark etdi va bokschimiz avtomatik tarzda yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, ilk jangda Iqboljon mezbonlar vakili Nurali Aliyevdan ustun kelgan edi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar