
Rossiyaning Beloyarskiy shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha “Neft mamlakatlari kubogi" davom etmoqda. 64 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Iqboljon Xoldorov hal qiluvchi bahsda rossiyalik Grigoriy Lizunenko bilan kuch sinashdi.
Qiziqarli o‘tgan to‘qnashuvda hamyurtimiz rossiyalik raqibidan mag‘lub bo‘ldi.
Shunday qilib, Gambrurgda o‘tgan boks bo‘yicha jahon chempionati kumush medali sohibi Iqboljon terma jamoamiz hisobiga ikkinchi medalni olib keldi. Bundan oldin Hasanboy Do‘smatov (52 kg) oltin medalga ega chiqqan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar