Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Shaxram G‘iyosov havaskorlar boksini tark etib, professional boksga o‘tganini ma’lum qildi. Bokschimiz professional ringda yangi marralarni zabt etish uchun AQShga yo‘l oldi.
Eslatib o‘tamiz, Shaxram o‘tgan yili 69 kg vazn toifasida Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.
U shuningdek, joriy yilning may oyida Toshkentda o‘tgan Osiyo chempionati hamda sentyabr oyida Germaniyaning Gamburg shahrida tashkil etilgan jahon chempionatida shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan.
Bundan tashqari 2015 yili yoshlar o‘rtasida Yakutsk shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida ham oltin medal bilan taqdirlangan. U yana boks bo‘yicha qator milliy va xalqaro turnirlarda g‘olib hamda sovrindorlar qatoridan o‘rin egallab kelgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Shoygu Rossiyaning “yadro soyaboni” kimni himoya qilishini aytdi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Yapon psixiatri qiyinchiliklarni qanday yengish va mazmunli yashash sirlarini aytdi
1 dekabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Putin Ukrainaning yadroviy bomba yaratishiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi