21:30 / 16.12.2017
5 406

O‘FF endi Vadim Abramovni futboldan nomuayyan muddatga chetlashtirdi

O‘FF endi Vadim Abramovni futboldan nomuayyan muddatga chetlashtirdi
O‘zbekiston futbol federatsiyasi Intizom kodeksi 2-bo‘limining klublar boshliqlari va murabbiylariga nisbatan belgilangan talablarni so‘zsiz ijro etish va Ommaviy axborot vositalarida O‘zbekiston futbol federatsiyasi hamda O‘zbekiston professional futbol ligasi tomonidan qabul qilingan qarorlarni noto‘g‘ri talqin qilinishi holatlarini oldini olish maqsadida O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasi Byurosining 2017 yil 16 dekabrdagi 9-sonli qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorda bayon etilishicha, O‘zbekiston futbol federatsiyasi Intizom kodeksining 5.41-bandiga binoan, O‘FF va O‘zPFL hamda ularning rasmiylari sha’niga nisbatan noto‘g‘ri fikrlar bildirganligi, O‘zbekiston futbol federatsiyasi tomonidan qabul qilingan qarorlar bo‘yicha keng jamoatchilik o‘rtasida nosog‘lom fikrlar vujudga kelishiga sabab bo‘layotganligi uchun, O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi Intizom kodeksi 2-bo‘limining “d” kichik bandiga muvofiq, “Neftchi” klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov nomuayyan muddatga futbolga aloqador har qanday faoliyat bilan shug‘ullanishdan chetlashtirildi.

Manba: www.the-uff.com

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘FF endi Vadim Abramovni futboldan nomuayyan muddatga chetlashtirdi