15:44 / 06.01.2018
4 616

O‘FF futbol muxlislarining talablarini inobatga oladi

O‘FF futbol muxlislarining talablarini inobatga oladi
Avvalroq futbol bo‘yicha 2018 yilgi mavsum reglamenti tasdiqlangani haqida xabar bergandik. Ushbu reglamentda uchrashuvlar boshlanish vaqtlari ham alohida belgilab qo‘yilgan.

Ya’ni o‘yinlar vaqtini belgilashda birinchi navbatda muxlislar talabi inobatga olindi.
Aniqrog‘i uchrashuvlarning boshlanish vaqti muxlislar uchun qulay vaqtga belgilandi. Bu haqda O‘FF Matbuot xizmati xabar beradi.

“Superliga uchrashuvlari 18.00 dan erta boshlanishi mumkin emas.
Translyatsiya vaqtini teletomoshabinlarga qulaylashtirish uchun o‘yinlar 18:30 va 20:30da boshlanadi;

- Yoshlar birinchiligi uchrashuvlari 12:00 dan erta boshlanishi mumkin emas. Yozgi vaqtda esa o‘yinlar 17:00 dan erta boshlanishi kerakmas.
- PRO-liga va O‘zbekiston Kubogi o‘yinlari 17:00 dan erta boshlanishi mumkin emas;

O‘yinlar boshlanishi kunini belgilashda asosiy urg‘u juma, shanba va yakshanba kunlariga belgilashga qaratildi.
Faqat Osiyo chempionlar ligasi va FIFA kunlari munosabati bilan o‘yinlar haftaning o‘rtasiga to‘g‘ri kelib qolishi mumkin.

Zarurat tug‘ilsa, so‘nggi turdagi o‘yinlar boshlanish vaqti PFL Sport bo‘limi tomonidan bitta vaqtga belgilanishi mumkin”, - deyiladi O‘FF xabarida.
Ta’kidlab o‘tish joizki, O‘FFning ushbu qarori o‘zbekistonlik futbolo muxlislari uchun yaxshi yangilik bo‘ldi.

Chunki bundan avvalgi o‘yinlar asosan muxlislarning ish vaqtlari, ya’ni 14:00 dan 17:00 ga qadar belgilanar edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘FF klublar oldiga bir qancha talab va shartlar qo‘ygani haqida xabar berib o‘tgandik.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘FF futbol muxlislarining talablarini inobatga oladi