16:26 / 06.01.2018
7 100

Shahram G‘iyosov: "AQShga chempion bo‘lish uchun kelganman..."

Шаҳрам Ғиёсов: "АҚШга чемпион бўлиш учун келганман..."
2017 yilning so‘ngida havaskorlar boksini tark etib, professional faoliyatini boshlashga qaror qilgan Shahram G‘iyosov mashg‘ulotlarni boshlab yubordi. Ayni damda u yaqinda professional boksga o‘tgan boshqa bir hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyev bilan Las-Vegasda ilk mashg‘ulotlarni olib bormoqda.

– Men AQShga navbatdagi o‘zbekistonlik buyuk chempion bo‘lish uchun keldim. Yarim o‘rta vazn toifasini zabt etishni va P4P reytingida yetakchi bo‘lishga harakat qilaman, – deydi Shahram G‘iyosov.

– Amerika Ahmadaliyev va G‘iyosovga yaxshi imkoniyat beradi, – deydi xalqaro sport agenti Ruslan Xusinov. – Ahmadaliyev G‘iyosov singari boks jangchilaridan biri bo‘ladi. Bu ikkalasi ijtimoiy tarmoqlarda juda ommalashib ketgan. Ularning 200 000 atrofida o‘quvchilari bor. O‘zbekiston xalqi bu ikkisidan chempionlikni sabrsizlik bilan kutmoqda.

– Ahmadaliyev va G‘iyosovga bir qancha promouterlik kompaniyalari katta qiziqish bildirgan edi. Menda ham yaqin do‘stim Gennadiy Golovkin bilan Qo‘shma Shtatlarga kelganimda shunday qiziqish bo‘lgan. Ular juda mehnatsevar. Ular jahon chempioni bo‘lishga o‘ta chanqoq. Shartnoma imzolashga qaror qilganimizdan juda baxtiyormiz, – deya qo‘shimcha qildi Ahmadaliyev va G‘iyosovning professional faoliyatini boshqarib kelayotgan Ruslan Xusinov.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yil yakunlariga ko‘ra, Osiyoning eng yaxshi bokschisi deb topilgan 24 yoshli Rio-2016 Olimpiadasi finalchisi Shahram 2017 yil may oyida Toshkentda o‘tgan Osiyo chempionati hamda sentyabr oyida Germaniyaning Gamburg shahrida tashkil etilgan jahon chempionatida shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan.

Bundan tashqari 2015 yili yoshlar o‘rtasida Yakutsk shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida ham oltin medal bilan taqdirlangan. U yana boks bo‘yicha qator milliy va xalqaro turnirlarda g‘olib hamda sovrindorlar qatoridan o‘rin egallab kelgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shahram G‘iyosov: "AQShga chempion bo‘lish uchun kelganman..."