Taniqli futbol mutaxassisi, 2012 yili O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasini Osiyo chempioniga aylantirgan murabbiy Dilshod Nuraliyev O‘FF qarori haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 5 yanvar kuni O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov yoshi kichraytirilgan futbolchilarni umrbod futboldan chetlashtirishga qaror qilgan edi. Ular orasida ikki nafar 2012 yilgi Osiyo chempionatida o‘ynagan futbolchi borligi e’lon qilingan, ammo Nuraliyevning aytishicha, qit’a chempioni bo‘lgan futbolchilar orasida Zokir Ahmadaliyev yo‘q.
«O‘FF qarorini eshitib, g‘alati ahvolga tushdim. Chunki umrbod futboldan chetlatilgan futbolchilarning ko‘pchiligini taniyman va inson sifatida qattiq hurmat qilaman. Ammo bu — ularning xatosi. Balki shaxsan ularning emas, ehtimol ota-onasi, murabbiyi yoki yon-atrofdagi boshqa odamlarning noto‘g‘ri maslahati mahsuli bu. Chunki yosh kichraytirish bir kunmas-bir kun albatta fosh bo‘lishi aniq.
Ulug‘bek Davlyatov va Zokir Ahmadaliyev (aslida ularning asl ismlari Nuriddin Hasanov va Dilshod Ahmadaliyev bo‘lib chiqdi. Izoh — tahririyatniki) «Bunyodkor» tarbiyalanuvchilari hisoblanadi. Ammo menimcha, ularning yoshi kichraytirilganini hatto murabbiyi Lushchan ham bilmagan. Chunki buni tekshirish va aniqlash oson emas.
Osiyo chempioni bo‘lgan yigitlar ichida Ulug‘bek Davlyatov bor edi, ammo Ahmadaliyev tarkibga kira olmagan.
Internetda o‘qidim — Davlyatov jahon chempionatida qatnashgan deb yozishibdi. Ammo uning yoshi kichraytirilgani chempionatga ketish oldidan, hujjatlar topshirish vaqtida oshkor bo‘lgan va u jahon birinchiligiga olib ketilmagan edi.
Umrbod futboldan chetlashtirish — og‘ir jazo. Chunki bu yerda nafaqat futbolchi, balki murabbiylarning ham bir necha yillik mashaqqatli mehnati bor. Bir bolaning futbolchi bo‘lib yetishishi, terma jamoa tarkibidan o‘rin olishi oson emas. Yillar davomida qilingan mehnat bir pul bo‘lishi albatta, achinarli. Ammo federatsiyaning yosh kichraytirish muammosi bilan bog‘liq islohotlarini qo‘llab-quvvatlashimiz lozim. Chunki bu futbolimizda yillar davomida juda chuqur ildiz otgan eng og‘riqli muammolardan biri. Unga qarshi kurashda esa qurbonliklar bo‘lishi tabiiy», — dedi Dilshod Nuraliyev «Xabar.uz» axborot-tahliliy portaliga bergan intervyusida. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi