23:29 / 11.01.2018
5 070

Shohjahon Ergashev: "Men 15 raundga tayyorgarlik ko‘rganman, ammo nokaut eng yaxshi yo‘l..."

Шоҳжаҳон Эргашев: "Мен 15 раундга тайёргарлик кўрганман, аммо нокаут энг яхши йўл..."
Ko‘pchilik sabrsizlik bilan kutayotgan jangga ham oz qoldi. Yengilmas bokschilar Shohjahon Ergashev (11-0, KO 11) va amerikalik Soni Fredrikson (18-0-0, KO12) o‘rtasidagi jang 12 yanvar kuni Nyu-Yorkdagi “Turning Stone Casino Resort” arenasida tashkil etiladi.

Hamyurtimiz bo‘lajak jangdan oldin Boxing Talk nashriga qisqacha intervyu berib o‘tdi.

“Men bu imkoniyatdan juda mamnunman va promouterim hamda Showtime’ga bu bu imkoniyat uchun minnatdorlik bildiraman!

– Fredriksonni jangchi sifatida qanday baholaysiz?
– U juda yaxshi jangchi. Aynan men urushishni istagan sportchilardan.

– Siz umuman Fredriksonni o‘rgandingizmi?
– Men bir nechta janglarni ko‘rdim, ammo murabbiyim menga jang rejasi bilan yordam berdi va bu jangga yaxshi tayyorgarlik ko‘rish uchun ajoyib sparring janglari tashkil qildik.

– Qanday kamchiliklarni topdingiz va 12 yanvar kuni nimalar qila olasiz?
– Barchasini bir necha kundan so‘ng ko‘rasizlar.

– Sizning bu jangdagi eng katta ustunligingiz nima deb o‘ylaysiz?
– Mening tajribalarim, maqsad, kuchim va g‘alabaga bo‘lgan ishonch!

– Siz ringga chiqqanigizga ham 23 oy bo‘ldi. Ammo ikki raunddan ko‘p turmagansiz. Bu borada qo‘rquv bormi? Umuman bunga boshqacharoq ham yondosha olasizmi?
– Men AQShdagi lagerga qaytdim. Men bu jang uchun juda ko‘p shug‘ullandim va tayyorgarligimga ishonaman. Bu lagerda ko‘plab sifatli sparring janglarini o‘tkazdik. O‘ylamanki, bo‘lajak to‘qnashuvda albatta foyda beradi.

– Bu jangda masofa saqlaysizmi?
– Men 15 raundga tayyorgarlik ko‘rganman, ammo nokaut jangni tugatish uchun eng yaxshi yo‘l.

– Fredrikson ustidan g‘alaba sizga nimalarni anglatadi?
– Men jahon chempioni bo‘lishni istayman va chempionlik tituli uchun kurashaman. Bu menga maqsadimga yetishishimga yordam beradi, deb o‘ylayman.

– Jangdan oldin yana nimadir deya olasizmi?
– Jamoam va Showtime’ga minnatdorlik bildiraman. Men 12 yanvarni sabrsizlik bilan kutyapman.

Manba: Sports.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shohjahon Ergashev: "Men 15 raundga tayyorgarlik ko‘rganman, ammo nokaut eng yaxshi yo‘l..."