16:15 / 25.01.2018
5 584

Prezident topshirig‘i: «Terma jamoa 2020 yilgi Olimpiya o‘yinlari, 2022 yilgi JChga chiqishi kerak»

Prezident topshirig‘i: «Terma jamoa 2020 yilgi Olimpiya o‘yinlari, 2022 yilgi JChga chiqishi kerak»
Ayni paytda O‘zbekiston futbol federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Konferensiyada O‘FF bundan buyon O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi deb nomlangani ma’lum qilindi, Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruvi raisi Ochilboy Ramatov O‘FA prezidenti etib saylandi.

«Xabar.uz» axborot-tahliliy portalining xabar berishicha, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Ochilboy Ramatov navbatdan tashqari hisobot saylov yig‘ilishi davomida ma’ruza qilgan.

«Men davlatimiz rahbari bilan suhbatda bo‘ldim va jiddiy topshiriq olganman. O‘zbek futbolini yo bor qilamiz, yoki butunlay yo‘q qilamiz», deb aytgan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti.

Ochilboy Ramatovning aytishicha, O‘zbekiston olimpiya va milliy terma jamoasi 2020 yilgi Olimpiya o‘yinlari hamda 2022 yilgi Jahon chempionatining final bosqichida qatnashishi kerak. «Bu Prezident topshirig‘i», deya ta’kidlagan u. Ushbu topshiriqlarning ijrosi davlat rahbari tomonidan aynan Ochilboy Ramatovga yuklatilgan.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti buning uchun terma jamoalar va futbolchilarga hamma sharoit yaratilishi, milliy terma jamoa bosh murabbiyi ishiga aralashishga hech kimning haqqi yo‘qligini ma’lum qilgan. «Federatsiyada pul bo‘ladi, bundan xavotir olmang, — deb aytgan u. — Biz birovning qo‘liga qarab qolganimiz yo‘q. Hamma natijaga erishganlarni rag‘batlantira olamiz. Mamlakat ichkarisidayam, tashqarisidayam bizga yordam beradiganlar bor».

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Prezident topshirig‘i: «Terma jamoa 2020 yilgi Olimpiya o‘yinlari, 2022 yilgi JChga chiqishi kerak»