21:22 / 25.01.2018
4 284

Ramatov: "Superligada 12 jamoalik format qayta ko‘rib chiqiladi"

Раматов: "Суперлигада 12 жамоалик формат қайта кўриб чиқилади"
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi yangi prezidenti Ochilboy Ramatov joriy mavsumda tashkil qilingan Superliga formatini tanqid qilib o‘tdi.

«Chempionatda joriy qilingan yangi islohotlar haqida. Biz hali bu reformalarni ko‘rib chiqamiz. Barchasini birdaniga o‘zgartirib tashlab bo‘lmaydi. Islohotlar sekin-astalik bilan amalga oshirilishi kerak. Futbol boks emasku, to‘g‘rimi, urib yiqitasan, bo‘ldi desang.

Hududlarda futbolni o‘ldirib qo‘yish kerak emas. O‘zgarishlar yaxshilikka, futbolni rivojlanishiga xizmat qilishi kerak. Sizlar tuzgan yangi formatdagi oltita kuchli jamoani ajratish faqat Toshkent jamoalarini o‘sishiga yordam beradi. Hududlardagi jamoalarni bu yo‘q bo‘lishiga sabab bo‘ladi. O‘sha oltilikka qaysi jamoalar kirishini aytib beraymi? «Paxtakor», «Lokomotiv», «Bunyodkor» kiradi. Keyin «Nasaf» zo‘rg‘a kirishi mumkin. Shundan keyin faqat poytaxt jamoalari rivojlanib, viloyatlarda futbol yo‘qolib boraveradi.

Bu bilan islohotlarni, yangicha formatni butunlay yo‘qotish kerak demoqchi emasman. Lekin buni yaxshilab o‘ylab ko‘rishimiz kerak. Hali mavsum boshlanishiga bir oy vaqt bor va bu masalani yana ko‘rib chiqamiz.

Men revolyutsioner emasman, kelgandan barcha narsani o‘zgartirib tashlaydigan. «Mash’al» yoki boshqa jamoa shunchaki tushirib yuborilmaydi. Hali bu sohaga to‘liq kirganim yo‘q. Bu masalani ham ko‘rib chiqamiz. Kelgan zahoti, Umid Ahmadjonov xato qilgan deb tashlash noqulay menga ham. Bir oy vaqt davomida ko‘rib chiqaylik. Shundan so‘ng aniq bir to‘xtamga kelamiz», deya Ramatovning so‘zlarini keltiradi Tribuna.Uz muxbiri.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ramatov: "Superligada 12 jamoalik format qayta ko‘rib chiqiladi"