Toshkentning «Lokomotiv» klubi murabbiyi sifatida ishlab kelayotgan Mirko Yelichich O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabidan o‘rin olishi mumkin. Bu haqda vaziyatdan xabardor manba Tribuna.Uz‘ga ma’lum qilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasiga vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlangan Temur Kapadze murabbiylari shtabidan «Lokomotiv» murabbiylari Mirko Yelichich va shuningdek O‘zbekiston terma jamoasi sobiq himoyachisi Andrey Fyodorov ham o‘rin olishi kutilmoqda. Darvozabonlar murabbiyi vazifasini esa Pyotr Gizimchuk bajarishi mumkin.
Hozircha bu borada rasmiy ma’lumot berilmagan. Murabbiylikka tayinlanganidan so‘ng Kapadze murabbiylar shtabini tuzib olish uchun ma’lum vaqt olgani haqida gapirib o‘tgandi.
Ma’lumot uchun, Mirko Yelichich «Lokomotiv»da bir necha yildan beri ishlab kelmoqda. U klub natijalariga javob beradigan bosh murabbiy sanaladi. Ammo Mirkoning tegishli litsenziyasi bo‘lmagani sababli odatda rasmiy ma’lumotlarda Andrey Miklyayev «Lokomotiv» bosh murabbiyi sifatida qayd etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi