Professional boksda o‘n ikkita jang o‘tkazib, ularning barchasida raqiblarini nokautga uchratgan yengilmas bokschimiz Shohjahon Ergashev Sports.uz muxbiriga xabar berishicha, AQSHda o‘zining navbatdagi jangiga tayyorgarlikni boshladi.
Avval, Shohjahon joriy yilning 28 aprel kuni Nyu-Yorkda navbatdagi jangini o‘tkazishi haqida xabar bergan edik. Biroq ushbu bahsda u kimga qarshi ringga ko‘tarilishi hozirga qadar noma’lum bo‘lib turibdi.
“Nasib qilsa men 28 aprel kuni ringga chiqaman. Hozircha menga kim raqib bo‘lishini bilmayman. Men reytingda 12-pog‘onada turibman. Shu sababli ham reytingda mendan yuqorida turgan charm qo‘lqop ustalarining biri bilan ringga chiqishim mumkin. Raqibim kim bo‘lishidan qat’iy nazar men ushbu jangga tayyorgarlikni boshladim”, - deydi Shohjahon.
Bokschimiz AQSHning Detroyt shahrida shug‘ullanmoqda. Mashg‘ulotlarda u dastlab jismoniy holatini yanada yaxshilovchi mashqlarni bajaradi. Shuningdek, u bosqichma-bosqich texnik va taktik hamda sparring mashg‘ulotlarda ham ishtirok etadi.
“Bu yerdagi mashg‘ulotlar bizning yurtimizdagidan farq qiladi. Amerikada professional bokschilar kuchli reja bo‘yicha kunlik mashg‘ulotlarda ishtirok etadilar. Misol tariqasida aytadigan bo‘lsam, O‘zbekistonda bir kunda uch mahal ikki soatdan mashg‘ulotlar o‘tkazilsa, Amerikada bir mahal 6-7 soat shug‘ullanamiz. Murabbiylarim juda talabchan hatto bir zarbani to‘g‘ri berish uchun kun davomida takrorlaymiz”, deb to‘xtalib o‘tdi Sh. Ergashev.
Umid qilamizki yuksak iqtidor egasi, yengilmas bokschimiz Shohjahon Ergashev navbatdagi jangida g‘alaba qozonadi va xalqimizning ishonchini oqlaydi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi