Superliga klublarida ishtirok etadigan futbolchilarning jismoniy holati O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan tasdiqlangan test-sinovlari orqali nazorat qilib borilishi haqida avval xabar berib o‘tgandik.
Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, bu kabi test-sinovlari o‘zbek futbolida ilk marta amalga oshirilayotgan bo‘lib, futbolchilarning jismoniy holati O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov tomonidan shaxsan nazorat qilib borilmoqda.
Sinovlarning dastlabkisi o‘tgan yilning dekabr oyida o‘tkazilib, miliy chempionatimiz klublari futbolchilarining jismoniy holati haqida umumiy xulosa qilingandi.
Belgilangan reja asosida yangi mavsum oldidan Superliga klublari futbolchilari ikkinchi marta normativlarni topshirishdi.
Mazkur test-sinovlari tizimi O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining Texnik rivojlantirish boshqarmasi ilmiy-metodik guruhi mutaxassislari pedagogika fanlari nomzodi, professor Shamil Iseyev boshchiligidagi mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilganini ham alohida ta’kidlash kerak.
Shamil Iseyev Superliga klublari futbolchilaridan qabul qilinayotgan normativlar va ularning natijalari haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“O‘zbekiston futbol Assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonovning topshirig‘iga ko‘ra, belgilangan reja asosida o‘tgan yilning dekabr oyida futbolchilardan dastlabki normativlarni qabul qilib olgandik. O‘shanda aksariyat futbolchilarning natijalari salbiy chiqqandi. Shundan keyin klublar murabbiylari va futbolchilarning o‘zlariga bu natijalar ko‘rsatilib, har bir futbolchi jismoniy holatini yaxshilash uchun o‘z ustida ishlashi kerakligi ta’kidlandi.
Shu o‘rinda, normativlarni joriy qilishdan asosiy maqsad futbolchilarning jismoniy holatini nazorat qilib borish, shu yo‘l orqali terma jamoalarimizga jismoniy jihatdan 90 daqiqa yuqori tempda harakat qiladigan futbolchilar yetishib chiqishini ta’minlashdan iborat ekanini ham alohida ta’kidlash kerak.
Shu yilning 10 fevral kuni Superliga klublari futbolchilaridan ikkinchi normativlarni qabul qilishni boshladik. Umumiy xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, futbolchilarning jismoniy holatida yaxshi tomonga o‘zgarish ko‘zga tashlandi. Har bir klub murabbiylari dastlabki normativlardan so‘ng o‘z jamoasidagi futbolchilar bilan bu borada ish olib borgani sezildi. Lekin shunga qaramay, klublarda natijalari qoniqarsiz chiqqan futbolchilar ham bor. Bu borada eng yaxshi ko‘rsatkich “Qizilqum” va “Navbahor” futbolchilari tomonidan qayd etildi.
Biz Superliga klublari futbolchilariga yana imkon berganmiz. Shu o‘rinda normativlarni topshirish uchun futbolchi o‘z ustida muntazam ishlashi kerakligini ta’kidlab o‘tish zarur. O‘z ustida ishlamagan futbolchilar normativlarni topshira olishmaydi.
26 fevral kuni futbolchilaryakuniy test-sinovlari topshirishadi. Ana o‘shanda ham kerakli natija qayd eta olmagan futbolchilar bo‘lsa, ular Superliga bahslaridan chetlashtiriladi”, - deydi Shamil Iseyev.
Manba: www.the-uff.com “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi