28 aprel kuni o‘zbekistonlik yengilmas bokschi Shohjahon Ergashev o‘zining prof ringdagi 13-jangini o‘tkazadi. Ergashev bungacha professional boksda 12 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning barchasida raqiblarini nokaut qilishga erishgan. U eng ko‘pi 5 raund jang qilgan, raqiblari undan nariga o‘ta olmagan.
“Olamsport”ning yozishicha, Ergashev Salita Promotions kompaniyasi bilan hamkorlik qilmoqda. Mana shu kompaniya Ergashevning navbatdagi raqibini aniqlash ishlariga kirishgan. Avvalroq Ergashevning o‘zi reytingda peshqadamlik qilayotgan bokschiga qarshi jang qilishga tayyor ekani haqida aytgandi.
“Jang sanasi rasman ma’lum bo‘ldi. Menga xabar berishlaricha, 28 aprel kuni chempionlik kamari uchun ringga chiqaman. Kelgusi haftada raqibim nomiga oydinlik kiritiladi. Bo‘lajak jangga mening boksdagi ilk murabbiyim, ya’ni dadamni ham taklif qildim. Kelasi oy ular AQSHga keladilar”, - dedi Ergashev Olamsport.com saytiga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, ayni paytda Shohjahon Ergashev dunyo reytingida 12-o‘rinni egallab turibdi. Yana bir qozonilajak g‘alaba hamyurtimizning kuchli o‘ntalikka kirib olishi uchun yetarli bo‘ladi. Bu esa uning keyingi janglarida jahon chempionlik kamari uchun ringga ko‘tarilish imkoniyatlarini oshiradi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...