“Vest Hem” sardori Mark Nobl Angliya chempionatining 30-turida “Byornli”ga qarshi o‘yin vaqtida yuzaga kelgan tartibsizliklar fonida maydonga tushib kelgan muxlislardan birini urib yiqitdi, deb yozadi Kun nashri.
U muxlisni kaltaklashni boshlaganida boshqa futbolchilar uni ajratib olib ketishdi.
O‘yindan keyin Nobl bu voqea borasida izoh berdi.
«Bu anchadan buyon davom etmoqda. Buni faqat g‘alaba qozonsak to‘xtatishimiz mumkin. Ammo biz yuta olmayapmiz. Faqat g‘alaba muxlislarni tinchlantirishi mumkin. Biz ularning xafagarchiliklarini to‘g‘ri tushunamiz. Lekin agar ular bizni qo‘llab-quvvatlashmasa, yana yutqazib qo‘yaveramiz. Bunday muhit hukm surar ekan, biz o‘ynay olmaymiz.
Odamlar biz futbolchilar ekanimizni tushunishi kerak. Biz o‘zimizni himoya qila olishimiz kerak. Maydonga ko‘p muxlislar tushib ketishdi. Ular bu harakatlari orqali rahbariyatga bo‘lgan g‘azablarini bildirishdi. Men esa o‘zimga tashlanishganida o‘zimni himoya qilishim kerak.
Futbolda faqat g‘alabalarni qadrlashadi. Lekin “Vest Hem” ham boshqa istalgan jamoa qatori, “Manchester Siti”ni hisobga olmaganda, yutqazishi mumkin bo‘lgan jamoadir. Bizga hozir qiyin, muxlislar rahbariyatdan qattiq norozi. Jamoadagi ko‘p futbolchilar avval bunday holatga tushishmagan», degan Nobl.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi