
Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi va “Uzbek Tigers”ning sobiq a’zolari Murodjon Ahmadaliyev va Shahram G‘iyosov professional ringdagi ilk janglarini Nyu-Yorkda o‘tkazgan edi.
Unda Shahram G‘iyosov argentinalik Nikolas Velaskesni, Murodjon Ahmadaliyev yana bir argentinalik bokschi David Pazgani mudattan oldin yengan edi.
Shahram va Murodjonning professional boksdagi navbatdagi jangi qachon o‘tkazilishi aniq bo‘ldi. "The Real Deal Boxing" va "Mir boksa" kompaniyalari tomonidan tashkillashtiriladigan boks kechasi “Kings Theater” arenasida 21 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Tez orada bokschilarimizga kim raqib bo‘lishi aniqlanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar