WBA bugun yangi reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, yengilmas professional bokschimiz Shohjahon Ergashev (12-0, KO 12) kuchli o‘nlikka kirib, dunyoning to‘qqizinchi raqamli bokschisiga aylandi.
“Reytingda ikkki pog‘ona yuqorilaganimdan xursandman. Men chempionlik uchun yanada yaqinlashmoqdaman. Maqsadim bu reytingning eng yuqori pog‘onasida turish. Bunga erishish osonlik bilan bo‘lmasligini yaxshi bilaman. Nima bo‘lsa ham men maqsadimga erishish uchun bor imkoniyatimni ishga solaman”, – deydi Shohjahon Sports.uz internet portaliga bergan xabarida.
— Bu ko‘tarilish faqat men uchun emas, balki butun o‘zbek xalqining yutug‘idir. Men kutayotgan chempionlik kamariga ega chiqishimga bor-yo‘g‘i sakkiz pog‘ona qoldi va men asta-sekinlik bilan ushbu pog‘onalarni bosib o‘tishimga ishonaman, — deydi Shohjahon Ergashev.
Eslatib o‘tamiz, Shohjahon Ergashev Bruklindagi “Barclays Center” sport majmuasida 28 aprel kuni navbatdagi jangini o‘tkazadi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?