21:48 / 12.04.2018
3 153

Shota Arveladze: "Aktamovning gaplarini muhokama qilmayman"

Шота Арвеладзе: "Актамовнинг гапларини муҳокама қилмайман"
Superliga 6-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Qizilqum" (2:1) uchrashuvidan keyin matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Matbuot anjumanining ikkinchi qismida "sherlar" bosh murabbiyi Shota Arveladze va jamoa hujumchisi Ismoil Gonsalvesh ishtirok etdi.

Shota Arveladze: "Jamoa uchun biroz qiyin davr o‘tmoqda. 1:0 har doim havfli hisob. O‘yinga qaraydigan bo‘lsak, raqib bizning darvozamizga zarba bera olmadi. Qaysidir vaziyatlarda pas bera olmadik yoki zarbaga yetib bormadik. Zaxiradan tushgan futbolchilar bizga katta foyda berdi.

Masalan, Andreyev tushgach Kozak tayanch zonaga o‘tdi, Bahrom markazda chiroyli o‘ynadi. Kozak tayanch yarim himoyachi sifatida ham yaxshi harakat qilishini isbotladi. Superligada g‘alaba qozonish juda qiyin.

Boshqa taktik sxemalar? Miyamda o‘ylab qo‘ygan boshqa taktik sxemalar bor. Biroq uni amalda bajarish shart emas. Raqiblarimiz bizga qarshi har doim himoyaviy o‘yin namoyish etishmoqda. Ahamiyat bergan bo‘lsangiz, bugun o‘yin davomida Bezerra hujumga o‘tib o‘ynadi. Uchrashuvning ma’lum qismini ikki hujumchi bilan o‘tkazdik.

"Paxtakor"ga qarshi o‘yinlarga raqiblar alohida taktik reja, ya’ni 5 himoyachi bilan harakatlanmoqda. Biz ko‘proq gollar urishimiz ham mumkin edi. Ammo yaratilgan vaziyatlardan yetarlicha foydalana olmadik. Birinchi bo‘limdayoq o‘yin taqdirini hal etib qo‘yish imkoniyati bo‘lgandi.

Abduraximov? Uning pozitsiyasida katta raqobat bor. Yaxshiboyevga ham imkoniyat berishga harakat qildik. Baha bugun yaxshi o‘ynadi. Zaxiradan tushib o‘yinni kuchaytira oldi. Jamoa ham yaxshi o‘ynadi.

Durangga mos o‘yin bo‘ldi? Raqib murabbiysining gaplarini muhokama qilmayman. Ularni fikrini ham hurmat qilaman. Bugun xavfli vaziyatlarni biz yaratdik. Jalolda va Jasurda yaxshi vaziyatlar bo‘ldi. Bugun darvozabonimga ko‘p ish bo‘lmadi, bo‘lganini ham eslay olmayman.

"Paxtakor" chempion bo‘ladimi? Oldimizda hali juda ko‘p tur bor. Biz chempionlik uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz. Chempionat juda qiyin o‘tmoqda. Hozircha kelajak borasida biror gap aytish qiyin. Barcha ishlashi, o‘z o‘yinini kuchaytirishi kerak. Chempionlik yo‘lida o‘yinimiz kuchaytirib borishimiz lozim.

Ismoil Gonsalvesh: "Bugun qiziqarli va qiyin o‘yin bo‘ldi. O‘tgan turdagi mag‘lubiyatdan keyin holatimizni tiklab olishimiz kerak edi. Bugun yaxshi o‘yin ko‘rsatdik va kerakli natijaga erishdik. Faqat penaltidan gol uryapman? Yangi iqlim, yangi mamlakat va yangi jamoa. Tabiiyki, moslashish jarayoni juda qiyin bo‘lmoqda. Til borasida, futbolchilar bilan muloqot qilish qiyin bo‘lmoqda. Ma’lum bir muddatdan keyin yaxshiroq saviyaga kiraman va o‘zimning optimal sport formamni qaytaraman. Buning uchun mehnat qilishda davom etyapman.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shota Arveladze: "Aktamovning gaplarini muhokama qilmayman"