09:20 / 22.04.2018
3 735

Sergey Lushan: "Komissar bilan qarindosh emasmisan?"

Сергей Лушан: "Комиссар билан қариндош эмасмисан?"
Superliga 7-tur doirasida "Lokomotiv" - "So‘g‘diyona" (2:0) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Sergey Lushan va jamoaning uchrashuvdagi eng yaxshi futbolchisi Nurillo To‘xtasinov qatnashdi.

"Bugun bir tomonlama futbol bo‘ldi. Raqibga o‘z o‘yiniga xalaqit berish uchun harakat qildik. Futbolda bir jamoa hujum qilsa, ikkinchisi himoyalanadi, asosan birinchi taymda shunday bo‘ldi. Birinchi bo‘lim davomida himoyada qattiqroq o‘ynashga intildik. Ikkinchi bo‘limda esa hujumga o‘tish choralarini izladik. "Lokomotiv" - amaldagi chempion. Balkim shu boisdan futbolchilarning o‘yinlari o‘xshamagandir. Ikkinchi taymda bizda bir necha vaziyatlar bo‘ldi. To‘xtasinov ikki marta vaziyatdan foydalana olmadi. (Nurilloga qaradi) Sen komissarning qarindoshi emasmisan, sen umuman o‘ynay olmading-ku. O‘yinning eng yomon futbolchisi bo‘lding. Ayniqsa birinchi bo‘limda. To‘g‘rimi? (Nurillo bu gapga ha deb javob berdi).

Albatta, bu gapim hazil. Men uchun barcha futbolchilarim birdek. Ularni yaxshi ko‘raman.

Nurillo To‘xtasinov: "Bugun qiyin o‘yin bo‘ldi. Biz yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmadik va xatolarimiz evaziga yutqazdik"

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sergey Lushan: "Komissar bilan qarindosh emasmisan?"