
Shahrisabz shahrida kurash bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkazildi.
Yettinchi bor o‘tkazilayotgan turnirda ishtirok etish uchun dunyoning 29 davlatidan polvonlar tashrif buyurdilar. Musobaqaning mutlaq vazn toifasida o‘tgan final bellashuvida turnirning bosh sovrini — 10 ming AQSh dollari mukofoti va oltin medal — Qashqadaryo polvoni Sherali Jo‘rayevga nasib etdi.
Eronlik Jafar Pahlavoniy ikkinchi, qashqadaryolik Ilhom Jo‘rayev va mo‘g‘ulistonlik Anar Dorch uchinchi o‘rinlarni egalladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar