00:07 / 04.05.2018
3 408

Putin hamda Infantino Sochida JCh-2018 muxlisi pasportiga ega bo‘ldi (video)

Putin hamda Infantino Sochida JCh-2018 muxlisi pasportiga ega bo‘ldi (video)
Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda FIFA tashkiloti prezidenti Janni Infantino joriy yil yozda Rossiya yashil maydonlarida bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionati muxlisi pasportini olishdi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Muxlis pasportini beradigan markaz Sochidagi «Fisht» stadioni yonginasida joylashgan.

Qayd etilishicha, bugungi kunda Jahon Chempionati o‘tadigan shaharlarda muxlislar pasportini taqdim etadigan 21 ta analog markaz hamda 90 mobil punktlar tashkil etilgan. Hozirgi kunga qadar esa 600 mingga yaqin muxlislarga shunday hujjatlar taqdim etilgan.

Ma’lumot uchun Rossiya qonunchiligiga ko‘ra sport musobaqalariga tashrif buyurish uchun viza olish shart bo‘lmaydi. Bunday vaziyatda Jahon Chempionatiga tashrif buyurish istagida bo‘lgan muxlislar ID-kartasini (muxlis pasporti) taqdim qilishi yoki Jahon Chempionati uchrashuviga kirish uchun chiqarilgan chiptani sotib olgani to‘g‘risida elektron hujjatni ko‘rsatishi kerak bo‘ladi. Bu haqda to‘liq ma’lumotni www.FAN-ID.ru saytidani olish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Putin hamda Infantino Sochida JCh-2018 muxlisi pasportiga ega bo‘ldi (video)