Angliyada 2017/18 yilgi mavsumning eng yaxshi murabbiyi aniqlandi. Bu haqda Angliya premer ligasining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, mavsumning eng yaxshi murabbiyi sifatida «Manchester Siti»ni muddatidan avval Angliya chempionligiga boshlab kelgan 47 yoshli Xosep Gvardiola e’tirof etildi.
«Shaharliklar» Gvardiola qo‘l ostida APLda 100 ochko to‘plab, 106 ta gol urdi(27 ta o‘tkazdi, to‘plar nisbati +79), 32 ta g‘alabani qo‘lga kiritdi, shundan 16 tasi safar o‘yinlarida. Ikkinchi o‘rindagi «Manchester Yunayted»ni esa 19 ochkoga ortda qoldirdi. Bularning barchasi Angliya premer ligasi tarixidagi rekord ko‘rsatkichlar sifatida qayd etildi.
Yilning eng yaxshi murabbiyi nomiga, shuningdek, Yurgen Klopp («Liverpul»), Shon Daych («Bernli»), Roy Xojson («Kristal Pelas»), Rafael Benites («Nyukasl»), Kris Xyuton («Brayton») ham da’vogarlik qilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Gaaga sudi Isroil harakatlarini tekshiruvdan o‘tkazmoqda
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi