Muhammad Saloh JCh-2018 da o‘ynaydi!

Muhammad Saloh JCh-2018 da o‘ynaydi!
Chempionlar ligasi finalida jarohat olgan «Liverpul» klubi hujumchisi Muhammad Saloh jahon chempionatida ishtirok eta oladi.

O‘yin davomida Saloh mundialni o‘tkazib yuborishi haqida xabarlar tarqatilgan bo‘lsa-da, Misr futbol federatsiyasi vrachlar diagnoziga asosan, yaxshi xabarlardan voqif etdi.
Muhammad Saloh JCh-2018 da o‘ynaydi!
Misr sport vaziri Holid Abdel Aziz ijtimoiy tarmoqlar orqali Salohning jahon chempionatiga bora olishi va uning safga qaytishi uchun ikki hafta kerakligini bildirdi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, misrliklar yetakchisining jarohati uning yakuniy tarkibga kirmasligi uchun sabab bo‘lmaydi.

Saloh bir necha kun davomida dastlabki muolajalarni olib, so‘ngra jamoa safiga qo‘shiladi.


Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar