“Real Madrid” — “Liverpul” o‘rtasidagi final uchrashuviga Kiyevdagi “Olimpiyskiy” stadioni mezbonlik qildi. O‘yin jarohatlar bilan boshlandi. Avvaliga “Liverpul” a’zosi Muhammad Saloh yelkasidan jarohat olib, maydonni ko‘zda yosh bilan tark etdi. Uning o‘rniga 31-daqiqada Adam Lallana maydonga tushirildi.
Oradan 6 daqiqa o‘tib, “Real” himoyachisi Dan Karvaxal ham jarohat oldi. Uning o‘ringa Nacho Fernandes zaxiradan o‘yinga qo‘shildi. Karvaxal ham ko‘zda yosh bilan maydondan chiqib ketdi. Birinchi bo‘lim golsiz yakunlandi.
Ikkinchi bo‘limning 51-daqiqasida Loris Kariusning xatosidan Karim Benzema unumli foydalanib “Real”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 4-daqiqa o‘tib, Sadio Mane hisobni tenglashtirishga erishdi. Ammo 61-daqiqada Iskoning o‘rniga maydonga tushirilgan Garet Beyl 3-daqiqa o‘tib, Marseloning qanotdan bergan uzatmasini fantastik zarba bilan golga aylantirdi.
83-daqiqa kelib esa katta sahnaga yana Beyl va Karius chiqdi. Kariusning navbatdagi xatosi tufayli Beylning jarim maydonchasi tashqarisidan bergan zarbasi golga aylandi. Shu tariqa o‘yin Madrid klubining 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi.
“Real” esa ketma-ket 3-bor Zinedin Zidan boshchligida Yevropa Chempionlar Ligasi sovriniga ega chiqdi.
Yevropa Chempionlar Ligasi
Final uchrashuvi
“Real Madrid” — “Liverpul” 3:1
Gollar: 1:0 – 51 Benzema, 1:1 – 55 Mane, 2:1 – 64 Beyl, 3:1 – 83 Beyl.
“Real Madrid”: Navas, Varan, Marselo, Karvaxal (Nacho, 37), Ramos, Modrich, Kazemiro, Isko (Beyl, 61), Kroos, Ronaldu, Benzema (Asensio, 89).
“Liverpul”: Karius, Lovren, Robertson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Firmino, Veynaldum, Saloh (Lallana, 30), Milner (Jan, 83), Mane, Xenderson.
Ogohlantirish: Mane (82). “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi