Misr terma jamoasi futbolchisi, «Liverpul» klubi a’zosi Muhammad Saloh o‘z tvitterida ma’lum qildiki, u Rossiyadagi jahon chempionatiga boradi.
«Bu juda og‘ir oqshom bo‘ldi, ammo men jangchiman. Qiyinchiliklarga qaramasdan, men Rossiyada bo‘laman, siz men bilan faxrlanishingiz mumkin. Sizning sevgingiz va qo‘llab-quvvatlovlaringiz menga kuch bag‘ishlaydi, bu men uchun juda kerak», deya yozgan Saloh.
25 yoshli ushbu futbolchi Chempionlar ligasi finalida «Real»ga qarshi uchrashuvning birinchi bo‘limida jarohat olib, maydonni tark etgandi.
Oxirgi xabarlarda uning tiklanishi uchun 2 oy vaqt ketishi, u jahon chempionatiga bora olmasligi haqida aytilgandi.
Ma’lumot uchun, Misr terma jamoasi JCh-2018 guruh bosqichida Rossiya, Saudiya Arabistoni va Urugvay terma jamoalariga raqib bo‘lgan.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi
Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi?
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi