04:26 / 31.05.2018
2 833

Ro‘ziqul Berdiyev: “Internetda tarqalgan “Nasaf” haqidagi gaplarning ko‘pi asossiz”

Рўзиқул Бердиев: "Интернетда тарқалган «Насаф» ҳақидаги гапларнинг кўпи асоссиз"
“Nasaf” klubi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev O‘zbekiston Kubogi 1/8 finali doirasida AGMK jamoasiga qarshi uchrashuvdan so‘ng o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bugun “AGMK” jamoasi bizga nisbatan yaxshiroq o‘ynadi. Standart vaziyatlardan unumli foydalandi. Ikkinchi goldan keyin o‘yin taqdiri hal bo‘lgan edi. Albatta oxirigacha kurash olib bordik, ammo hisobni o‘zimizning foydamizga o‘zgartira olmadik. Bu g‘alaba bilan “AGMK” jamoasini tabriklayman.

Keyingi o‘yinlarda jamoamizdan ochiqchasiga omad ham yuz ugirmoqda. Yaxshi o‘yin namoyish etayapmiz, lekin gol urishda oqsayapmiz. Yaratilgan vaziyatlardan foydalanishda futbolchilarimizda sovuqqonlik yetishmayapti.

Hamrobekovni zaxiradan tushirayotganimizga sabab, u keyingi vaqtlarda oxirgi imkoni bilan o‘ynayapti. Bobir Abduxoliqov esa biz kutgan o‘yinni namoyish eta olmayapti. Jahongir Aliyev o‘tgan “Buxoro” bilan bo‘lgan o‘yinda yaxshi harakat qildi. Shuning uchun bugun uni o‘yin boshidan maydonga tushirdik.

Keyingi paytlarda jamoamiz haqida haddan oshiq gap-so‘zlar ko‘payib ketdi. Tarqatilgan xabarlar orqali o‘yinchilarimizni u yoqdan bu yoqqa o‘zlaricha transfer qilishayapti. Biz bunga e’tibor qaratganimiz yo‘q. Bular hech qanday asosga ega emas. Murabbiy sifatida hozirgi bor e’tiborim vaziyatdan chiqishga qaratilgan. Bu haqda ko‘p bosh qotirayapmiz. Shaxsan men haqimdagi gap ham hech qanday asosga ega emas. Yana takror aytaman, biz hozir bor e’tiborimizni yuzaga kelgan vaziyatdan chiqib ketishga qaratganmiz. Bizni klub bilan amaldagi shartnomamiz bor, shunday ekan og‘ir vaziyatdan chiqib ketishga ma’sulmiz.

O‘zimning ham bor fikru-xayolim hozir “Nasaf” bilan, bunaqa mish-mishlarga e’tibor berayotganim yo‘q. Hozir o‘zimizga kerakli o‘yinchilarni olib qolishimiz kerak. To‘g‘ri, kimdir jamoamizni tark etishi mumkin. Bu faqat klub mablag‘ini tejash uchun amalga oshirilishi mumkin. Ammo biz o‘zimizga kerakli o‘yinchilarni olib qolamiz. Internet nashrlarida chiqayotgan xabarlarning ko‘pi asossiz", - deydi Berdiyev.

Manba: www.fcnasaf.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: “Internetda tarqalgan “Nasaf” haqidagi gaplarning ko‘pi asossiz”