10:23 / 01.06.2018
4 161

Umid Ahmadjonov “Nasaf”ning og‘ir ahvolini Prezidentga yetkazmoqchi

Umid Ahmadjonov “Nasaf”ning og‘ir ahvolini Prezidentga yetkazmoqchi
Foto: “Voha.uz”
Qashqadaryo futboli haqida yozuvchi “Voha.uz” saytida aytilishicha, shu kunlarda Qarshining “Nasaf” jamoasi atrofidagi turli xavotirli axborotlarning barchasi asosli.

Shu bois Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti hamda O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov klubni bu ahvoldan tez orada chiqib ketishiga yordam bermoqchi. Nashrning ta’kidlashicha, “Nasaf” klubi rahbariyatidan moliyaviy ahvol hamda homiy bilan o‘rtasidagi kelishuv bo‘yicha mablag‘ ajratilmagani haqida rasmiy bayonot olgan. Ahmadjonov bu xatni mamlakat rahbari — Shavkat Mirziyoyevga yetkazishini bildirgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, O‘FA birinchi vitse-prezidenti “Neftchi” hamda “Bunyodkor” klublaridan ham shu mazmundagi bayonotlarni olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Umid Ahmadjonov “Nasaf”ning og‘ir ahvolini Prezidentga yetkazmoqchi