
Jahon chempionatida ishtirok etuvchi terma jamoalarning barchasi Rossiyaga tashrif buyurishdi, deb xabar beradi Kun nashri.
Eng oxirgi bo‘lib Yaponiya terma jamoasi yetib bordi, u Qozon shahrida istiqomat qiladi.
Moskva shahri va viloyatida 10 ta jamoa istiqomat qiladi: Rossiya, Portugaliya, Eron, Fransiya, Peru, Argentina, Germaniya, Meksika, Belgiya va Tunis.
5 ta jamoa Sankt-Peterburg shahri va Leningrad viloyatida yashaydi: Saudiya Arabistoni, Xorvatiya, Kosta-Rika, Janubiy Koreya va Angliya.
3 ta jamoa Tataristonda istiqomat qiladi: Avstraliya, Kolumbiya va Yaponiya.
Urugvay terma jamoasi - Nijniy Novgorod, Misr – Grozniy, Marokash – Voronej, Shveysariya – Tolyatti, Serbiya – Svetlogorsk, Panama – Saransk, Senegal – Kaluga shahrini tanlagan.
7 ta jamoa Rossiyaning janubiy viloyatlarini tanlagan: Ispaniya – Krasnodar, Daniya – Anapa, Islandiya va Shvetsiya – Gelenjik, Braziliya va Polsha – Sochi, Nigeriya – Yessentuki.
Eslatib o‘tamiz, JCh-2018 14 iyun kuni Rossiya - Saudiya Arabistoni o‘yini bilan boshlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar