
С guruhida Peru va Daniya terma jamoalari bellashdi. Muxlislar hujumkor va qiziqarli o‘yin guvohi bo‘lishdi. O‘yinda janubiy ameriklar biroz tashabbusga ega bo‘lib, ko‘proq vaziyatlarni yaratdilar.
Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqasida bosh hakam takroriy videolavhani tomosha qilganidan so‘ng, Daniya darvozasiga penalti belgiladi. Ammo Kueva uni aniq amalga oshirolmadi.
Ikkinchi bo‘limda ham Peru ustunligi sezilib turdi. Biroq, Daniya qarshi hujumlarning biridan unumli foydalanib qoldi. 59-daqiqada Poulsen darvozabon bilan yuzma-yuz chiqib, uni dog‘da qoldirishga muvaffaq bo‘ldi. Peruliklar o‘yin oxiriga qadar hisobni tenglashtirish uchun bir necha vaziyatlarga ega bo‘lishdi, ammo Daniya g‘alabani saqlab qoldi.
JCh-2018, S guruhi
Peru – Daniya 0:1
16 iyun, Saransk, «Mordoviya Arena»
Gol: 0:1 – 59 Poulsen.
Peru – Galese, Rodriges, Trauko, Advinkula, Ramos, Flores (Gerrero, 62), Tapiya (Akino, 87), Karrilo, Kueva, Farfan (Ruidias, 85), Yotun.
Daniya – Shmeyxel, Ker, Larsen, Dalsgor, Kristensen (Yorgensen, 81), Kvist (Shone, 36), Dileyni, Eriksen, Sisto (Breytueyt, 67), Yorgensen, Poulsen.
Ogohlantirishlar: Tapiya (38), Dileyni (86).

Mazkur uchrashuv haqidagi lavhalarni quyidagi VIDEO orqali tomosha qilishingiz mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar