
JCh-2018 musobaqasi "Ye" guruhi 1-tur uchrashuvidan o‘rin olgan Braziliya hamda Shveysariya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga yetdi. “Rostov Arena”da bo‘lib o‘tgan o‘yinda durang natija qayd etildi.
Uchrashuv braziliyaliklarning hujumlari bilan boshlandi. O‘yinning 20-daqiqasida Filippe Koutino uzoq masofadan ajoyib zarba yo‘llab, chiroyli golga mualliflik qildi. Ushbu goldan so‘ng o‘yin biroz sokinlashdi.
Ikkinchi bo‘lim debyuti shvetsarlarga omadli keldi: burchakdan uzatib berilgan to‘pni Suber boshi bilan braziliyaliklar darvozasiga aniq yo‘naltirdi. O‘yinning qolgan daqiqalarida boshqa gol kiritilmadi.
Shu tariqa, turnir favoritlaridan biri hisoblangan Braziliya termasi musobaqani durang bilan boshladi. Guruhning boshqa o‘yinida Serbiya terma jamoasi Kosta-Rikani mag‘lub etgandi.
JCh-2018
"Ye" guruhi 1-tur
Braziliya – Shveysariya 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 20 Koutino, 1:1 – 50 Suber.
Braziliya – Alisson, Tiago Silva, Marselo, Danilo, Miranda, Paulino (Renato Augusto, 67), Kazemiro (Fernandino, 60), Koutino, Villian, Neymar, Gabriel Jezus (Firmino, 79).
Shveysariya – Zommer, Sher, Rodriges, Lixtshtayner (Lang, 87), Akandji, Bexrami (Zakariya, 71), Djaka, Djemaili, Shakiri, Suber, Seferovich (Embolo, 80).
Ogohlantirishlar: Lixtshtayner (31), Kazemiro (47), Sher (65), Bexrami (68).
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar