06:30 / 23.06.2018
3 453

Neymar Braziliya termasi tarixidagi "eng yaxshi uch to‘purar"dan biriga aylandi

Неймар Бразилия термаси тарихидаги "энг яхши уч тўпурар"дан бирига айланди
Xabaringiz bor bugun Braziliya terma jamoasi JCh-2018 guruh bosqichining 2-turida Kosta-Rika (2:0) ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.

E’tiborlisi, uchrashuvda ikkinchi golga mualliflik qilgan Neymar Braziliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Bugungi o‘yinda o‘zining 56-golini kiritgan 26 yoshli futbolchi bu borada Romarioni ortda qoldirdi.

Ta’kidlash kerakki, Neymar bu reytingda faqatiga Ronaldo (62) va Peledan (77) ortda bormoqda, xolos.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Neymar Braziliya termasi tarixidagi "eng yaxshi uch to‘purar"dan biriga aylandi