18:14 / 23.06.2018
5 707

Ermatovni haqorat qilgan sharhlovchini «Pervыy kanal»dan ketishini Putin talab qilgan

Ermatovni haqorat qilgan sharhlovchini «Pervыy kanal»dan ketishini Putin talab qilgan
VVS News ruscha xizmati «Pervыy kanal» va sharhlovchi Vasiliy Utkin o‘rtasidagi kelishuvning bekor qilingani haqida ma’lumotlar tarqatdi.

«Utkinning faoliyatini tugatish bo‘yicha «Gazprom-media» rahbariyati talab qilgan, ushbu qaror esa bevosita Kremldan kelgan. Kremlga yaqin bo‘lgan ikkita manbaning ta’kidlashicha, Utkinni «Pervыy kanal» efirlaridan olinishini Rossiya prezidenti tomonidan talab etilgan (Vladimir Putin)», - deyilgan xabarda.

Utkinning ketishiga sabab uning ochilish o‘yinida: «Bugun JCh-2018 o‘yinlari boshlandi, haqiqiy futbol esa ertadan boshlanadi», - deb aytgan fikri deya taxmin qilinmoqda.

Bundan avval Utkin «Match-TV» telekanalida ham ishlagan va u yerdan ham ziddiyat tufayli 2016 yili ishdan ketgan edi.

Argentina – Xorvatiya uchrashuvini boshqarib borgan hamyurtimiz Ravshan Ermatovning hakamligidan norozi bo‘lgan Utkin o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida undan kartochka talab qilib haqorat ham qilgan edi. Shundan so‘ng esa o‘z so‘zlariga izoh berib kechirim so‘rashga majbur bo‘ldi.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ermatovni haqorat qilgan sharhlovchini «Pervыy kanal»dan ketishini Putin talab qilgan