
Shvetsiya terma jamoasi darvozaboni Robin Olsen JCh-2018 guruh bosqchi 2-turidan o‘rin olgan Germaniyaga qarshi o‘yindan (1:2) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«G‘alaba qozona olishimizga ishongandik. Maydonda teng kurash kechayotgandek edi, hatto raqib bizning jarima maydon atrofida yurgan bo‘lsada.
Ha, men yig‘ladim. Bu faoliyatimdagi eng shafqatsiz o‘yin bo‘ldi, haqiqiy jang. So‘nggi soniyalarda mag‘lub bo‘lish – bu juda alamli.
Biz tiklanib olamiz, bu qiyin, ammo o‘z imkoniyatlarimizni yaxshi bilamiz. Siz jangga tayyor jamoani ko‘rasiz, Meksikaga qarshi boshqacha o‘yin bo‘ladi. Ishonchim komil, bizning omadimiz kuladi», – deydi Olsen.
Manba: www.uff.uz
ShvetsiyaRobin OlsenJCh-2018Guruh BosqichiGermaniyaG‘alabaMaydonJangMeksika O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar