23:43 / 25.06.2018
3 659

Stanislav Cherchesov: "Vaqtida berilgan tarsaki foydali"

Станислав Черчесов: "Вақтида берилган тарсаки фойдали"
Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov jamoasining JCh-2018 3-turida Urugvaydan (0:3) qabul qilgan mag‘lubiyatiga izoh berib o‘tdi.

«O‘z xatolarimiz, qizil kartochka tufayli vaziyatni qiyinlashtirib yubordik. 10 kishi bo‘lib o‘ynash qiyin, vaziyatni o‘nglash undan ham qiyini.

Biz gol urib durang qayd etish maqsadida ikkinchi hujumchini tushirdik. Bir kishi kam bo‘lib ham yaxshiroq natija qayd etishni istadik, buning uchun esa katta plyus qo‘ysa ham bo‘ladi. Lekin katta minus ham bor, o‘yinni bu tarzda boshlash kerak emas.

Bugun bo‘lishi kerak bo‘lgan kun bo‘ldi. Yutqazib qo‘yganimiz yomon bo‘ldi. Boshqa tomondan esa vaqtida berilgan tarsaki foydali.

Bizga kim raqib bo‘lishini kutamiz. Tayyorgarlik ko‘ramiz, tahlil qilib xulosa chiqaramiz.

Biz istasak ham istamasak ham bu boshqa darajadagi jamoa edi. Ushbu o‘yin orqali biz keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rdik.

O‘yin ham, tezlik ham, raqib ham, alohida harakatlar ham boshqacha edi. Faqatgina shu yo‘l bilan keyingi raqib qandayligini anglash mumkin», - deydi Cherchesov.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Stanislav Cherchesov: "Vaqtida berilgan tarsaki foydali"