O‘zbekiston Professional futbol ligasi 2019 yilgi mavsum uchun talablarni kuchaytirayotgani qayd etilgandi. Ya’ni, kelasi yildan boshlab Superliganing har bir klubi o‘z akademiyasi masalasiga jiddiy e’tibor qaratishi shart.
Bu borada tashkilot futbol akademiyalari rivojlangan mamlakatlar bilan aloqalar o‘rnatishda davom etmoqda. Yaqindagina O‘zbekiston va Portugaliya Professional futbol ligalari o‘zaro hamkorlik borasida kelishuvga erishgandi. Mazkur ish yuzasidan PFL Xalqaro aloqalar bo‘limi vakili Zohid Akramovni Portu shahriga jo‘natdi.
Kecha — 23 iyul kuni PFL vakili avvaldan belgilangan uchrashuvga ko‘ra Portugaliya Professional futbol ligasi ijrochi direktori Sonia Karneyru hamda Yuridik masalalar bo‘yicha ijrochi direktor Jaou Martins bilan ko‘rishdi. Endilikda Portugaliya Professional futbol ligasi marketing, media, klublar bilan ishlash, translyatsiya va boshqa turli masalalar bo‘yicha o‘z mutaxassislarini O‘zbekistonga yuborib, seminarlar tashkil qilish va o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashishga tayyor.
Qo‘shimchasiga, “Portu” futbol klubi akademiyasi bilan ham hamkorlik qilish bo‘yicha kelishib olindi. Dragon Force nomi bilan mashhur akademiya murabbiylari sentyabr–oktyabr oylarida O‘zbekistonga tashrif buyurib, yosh futbolchilarga “Portu” metodikasi asosida futbol sirlarini o‘rgatadi.
Ma’lumot uchun, yaqindagina O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonovning imzosi bilan Superliga klublariga yangi shtat jadvallari taqdim etilgan bo‘lib, unda futbol akademiyasi masalasi alohida o‘rin tutgandi. 2019 yildan boshlab barcha klublar o‘z akademiyasini yo‘lga qo‘yishga e’tibor qaratadi.
Manba: pfl.uz
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi