FIFAning sobiq prezidenti Yozef Blatter ma’lum qildiki, 2022 yilgi jahon chempionati mezbonini aniqlash bo‘yicha ijro qo‘mitasi uning Qatar turnirga mehmonlik qilishga layoqatli emasligi haqidagi tavsiyalarini e’tiborsiz qoldirgandi.
Ayni vaqtda 82 yoshda bo‘lgan shveysariyalik sobiq amaldorning aytishicha, Qatarning g‘alabasi qonunga qarshi kelishuvlar va ijroiy qo‘mita a’zosi Mishel Platiniga o‘tkazilgan siyosiy bosimlar natijasidir.
2015 yilda korrupsion mojaro tufayli futboldan umrbod chetlatilgan Yozef Blatter o‘zining Ma Vérité (Mening haqiqatim) nomli kitobida ijroiy qo‘mita a’zolari mundial mezbonligiga da’vogar mamlakatlarning hisobotlarini ochib o‘qimagani, chunki ular kimga ovoz berishlari kerakligi oldindan ma’lum bo‘lgani haqida yozadi.
«Agar biz bu hisobotlarni sinchiklab o‘rgansak, jahon chempionati Qatarda o‘tkazilmasligi kerakligini bilamiz.
Men Qatarning Fransiya aviatsiyasiga milliardlab yevro kiritishi va «PSJ» klubi sotib olinishi bilan JCh-2022 mezbonligi qo‘lga kiritilishi o‘rtasida bog‘liqlik bormi, yo‘qmi, undan keyin nima bo‘lgan, buni bilmayman va bilishni ham istamayman», – deya yozadi Blatter o‘z kitobida.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik...