
Osiyo kubogi musobaqasi boshlanishiga ham 150 kun qoldi. Mazkur turnirda qatnashadigan 24 jamoaning 3 tasida hali bosh murabbiy masalasi ochiqligicha qolmoqda:
1. Falastin terma jamoasini murabbiy vazifasini bajaruvchi shaxs boshqarmoqda.
2. Janubiy Koreya va Iroq yangi murabbiy izlashda davom etmoqda.
Agar muzokaralar ko‘ngildagidek yakun topadigan bo‘lsa, Iroq terma jamoasini Sven-Yoran Eriksson boshqaradi (shvetsiyalik mutaxassis shu hafta o‘z javobini aytishi kerak). Koreyslar esa bor e’tiborini Karlush Keyrushga qaratishgan. Ular portugaliyalik mutaxassisni o‘z tomonlariga og‘dirishmoqchi.
Agar bu voqea sodir bo‘ladigan bo‘lsa, Eron terma jamoasi Osiyo kubogigacha yangi murabbiy topishiga to‘g‘ri keladi.
Shu bilan birga bu jamoalar – Koreya, Eron va Iroq musobaqa favoriti hisoblanishadi. Ya’ni bu jamoalarning bosh murabbiy bilan bog‘liq vaziyatlari turnirdagi holatlarini belgilab beradi.
Manba: www.interfutbol.uz
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar