Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Indoneziyaga ketish oldidan Toshkentda "Metallurg" bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi.
TTYMI stadionida o‘tgan o‘yinda olimpiya terma jamoasi safida ko‘plab futbolchilar sinovdan o‘tkazib olindi. Bahs taqdirini hal qilgan yagona gol ikkinchi taym boshida Zohid Abdullayev tomonidan Botirali Ergashev qo‘riqlayotgan darvozaga urildi - 0:1.
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 10 avgust kuni tongda Osiyo o‘yinlarida ishtirok etish uchun Indoneziyaga uchib ketadi.
O‘zbekiston OTJ - "Metallurg" 0:1
Gol: Zohid Abdullayev 56
O‘zbekiston OTJ: Botirali Ergashev, Doston Tursunov, Rustam Ashurmatov, Akromjon Komilov, Ikrom Aliboyev, Xurshid G‘iyosov, Odil Hamrobekov, Abbosjon Otaxonov, Doston Hamdamov, Bobir Abduxoliqov, Jaloliddin Masharipov.
Zaxiradan tushganlar: Umid Ergashev, Andrey Sidorov, Sharof Muhitdinov, Doniyor Narzullayev, Xojiakbar Alijonov, Islom Qobilov, Javohir Sidiqov, Azizbek Turg‘unboyev,
"Metallurg" (1-taym): Javohir Ilyosov, Pavel Smolyachenko, Andrey Shipilov, Xudoyshukur Sattorov, Zoir Jo‘raboyev, Roman Jo‘rayev (Abror Toshqo‘ziyev, 35), Muhammad Isayev, Zafar To‘rayev, Otabek Zokirov, Kamron Saidazimov, Muhammadjon Sultonov.
"Metallurg" (2-taym): Zafar Safayev, Abror Xusinov, Sherzod Fayziyev, Akbar Ismatullayev, Stanislav Andreyev, Davron Umirov, Shahzod Shaymanov, Jasur Hasanov, Islombek Isoqjonov, Bahodir Pardayev, Zohid Abdullayev. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi
Global Janub kimniki?
Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik
Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Vohid Shamsai: "O‘zbekiston Osiyoda bizga eng yaqin va eng qiyin raqiblardan biri ekanligini amalda ko‘rsatdi"