
Pepsi Superligasi 22-turida “Neftchi” - “Qo‘qon-1912” (1:0) uchrashuvidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida qo‘qonliklar ustozi No‘mon Hasanov uchrashuv borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"O‘yin haqiqiy derbiga xos “jang” bo‘ldi. Bugun xatolarimiz evaziga mag‘lubiyatga uchradik. Darvozabonimizning xatosi yetmaganidek, penaltidan ham foydalana olmadik. Qizil kartochka ham rejamizni buzib yubordi. “Derbi”da bir kishi kam bo‘lib harakat qilish mushkul ish.
Bugun bizni stadionda qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga katta rahmat aytaman. “Neftchi”ni g‘alaba bilan tabriklayman. Bugungi uch ochko oltinga teng bo‘ladi.
Olmaliqdagi o‘yin natijasi bilan umuman qiziqqanim yo‘q. Faqat o‘zimizning o‘yinimiz haqida o‘yladim", - dedi Hasanov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar