date
views 2 977

Oʻzbekistonda sambochimizdan yana bir oltin!

Oʻzbekistonda sambochimizdan yana bir oltin!
Bugun, 1 sentyabr kuni Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida XVIII Osiyo oʻyinlarining 14-kungi bahslari oʻtkazilmoqda.

Sambochimiz Kamoliddin Xolmamatov finalda tojikistonlik Umid Hasanbekovga qarshi kurash tushdi va gʻalaba qozondi! Bu biz uchun ushbu Osiyo oʻyinlaridagi 21-oltin medal boʻldi!

Shuningdek, samboda Nilufar Davletova ham finalda qozogʻistonlik raqibga qarshi jang qildi, ammo imkoniyatni boy berdi va kumush medalni qoʻlga kiritdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oʻzbekistonda sambochimizdan yana bir oltin!