
Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov “Gannover” himoyachisi Valdemar Antonni oʻz jamoasi safida koʻrmoqchi. Bu haqda Goal.com internet nashri xabar bermoqda.
Xabarlarga qaraganda Cherchesov ushbu futbolchini JCH-2018ga qadar terma jamoaga jalb etishni rejalashtirgan, biroq ayrim sabablarga koʻra bu ish amalga oshmay qolgan.
Eʼtiborlisi, 22 yoshli Anton Oʻzbekistonda tugʻilgan. Germaniya yoshlar terma jamoasida 8ta oʻyinda ishtirok etgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar